Xavfsiz uchish uchun 6 ta aqlli velosipedlar
Ekologik talablarga javob berish maqsadida ishlab chiqaruvchilar borgan sari ko'proq velosipedlar bozorini turli “aqlli” qarorlar bilan to'ldirishga urinmoqdalar. Eng avvalo, bu narsa yoshlarning avtomobillarni umuman sotib olmayotganliklari tufayli elektrbayklarni (elektr velosiped, motorli velosiped) faol ishlab chiqarishni boshlagan avtomobil kompaniyalariga taalluqli.

Bugungi kunda aqlli velosipedlar orqa tomondan avtomobil yaqinlashishi bilan vibratsiyalashni (titrash), yo'l bo'ylab harakatlanishda yo'ldagi chuqurliklar va tirbandliklar haqida ogohlantirishni, yo'l-yo'lakay mobil qurilmalarni zaryadkalashni, egalarining smartfonlari (aqlli telefonlari) orqali esa o'zaro bog'lanishni va boshqa narsalarni biladilar.

1. BMW Cruise

“Aqlli” velosipedlar bozoriga birinchi bo'lib BMW kompaniyasi chiqdi. Bir nech yil avval ushbu kompaniya BMW Cruise nomi bilan ataluvchi pedalli transport vositasini taqdim etdi. Bu vosita nafaqat elektr motoriga, balki o'zida o'rnatilgan kompyuterga ega.
BMW Cruise o'ziga o'rnatilgan ixcham dvigatel evaziga 25 km/soatigacha tezlikda akumulyatorning bitta zaryadi bilan 80 kilometr masofagacha yurishi mumkin. Shu bilan birga, haydovchi uning pedallarini aylartirishi va o'zining oyoq kuchi bilan harakatga keltirishi mumkin.

image

BMW Cruise rulida ekranli maxsus boshqaruv bloki o'rnatilgan bo'lib, unda velosipedning texnik holati, harakatlanish tezligi, batareyalarning zaryad darajasi to'g'risidagi ma'lumot aks ettirilgan bo'lib, bu narsa haydovchiga o'zining jismoniy holati va harakat marshrutini yaxshiroq hisob-kitob qilishga imkoniyat beradi.

image

2. Ford E-Bike

Ford kompaniyasi ham texnik ko'rsatkichlari va qo'shimcha imkoniyatlarga ega “aqlli” velosiped ishlab chiqardi. BMW kompaniyasining ishlanmasidan farqli o'laroq Ford E-Bike bayki rul qismidagi maxsus taglikka o'rnatilishi mumkin bo'lgan mobil telefon orqali ishlaydi.

image

Maxsus dasturiy ta'minot yordamida velosiped nafaqat o'z tezligi va batareyalarining zaryadini aniqlashi, balki harakatlanish rejimini iqtisodiy, qulay (komfort) va sport rejimlariga o'zgartirishi mumkin.

image

Shuningdek, “aqlli” Ford E-Bike velosipedi batareyalarni zaryadkalashning innovatsion tizimi bilan jihozlangan.

3. SoBi

Nyu-Yorkda, dunyoning boshqa katta shaharlari singari, jamoat velosipedlarini ijraga berish tizimi mavjud bo'lib, u erda bu tizim SoBi – Social Bicycle deb nomlanadi. Uning boshqa shu kabi tizimlardan farqi shundan iboratki, bayklarning o'ziga elektron modul o'rnatilgan bo'lib, ular GPS-chiroqchasi, aktivatsiya klaviaturasi va qurilmani energiya bilan ta'minlash uchun quyosh batareyasi bilan ta'minlangan.

image

Mazkur qurilmani nafaqat qo'lda, balki masofadan turib ham boshqarish mumkin. Mobil telefonlar uchun maxsus ilova ayni vaqtda bo'sh bo'lgan SoBi velosipedini bir necha yuz metr masofadan topish va uni o'n besh minutga bron qilish imkonini beradi.

image

4. Gusto Orcinus

Ijtimoiy tarmoqlar insonlarning o'zaro muloqot qilishlari, xabarlar, fotosuratlar, matn va musiqiy fayllarni almashishlari uchun yaratilgan. Gusto Orcinus nomli transport yaratuvchisi esa endi velosipedlar uchun ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatini yaratdi.

image

Elektr motoridan tashqari, Gusto Orcinus velosipedi smartfon uchun rul dok-stantsiyasiga (boshqarish stantsiyasi) ega bo'lib, unga ulanish bilan telefon velosiped egasining yaqin oradagi ijtimoiy tarmoqlariga ulanishni boshlaydi.

image

Shunday tarzda velosipedchilar birgalikdagi sayrlar uchun o'zaro bog'lanishlari, yo'lning u yoki bu qismidagi muammolar to'g'risida xabar berishlari, shuningdek agar yordam kerak bo'lsa, o'z “hamkasblarini” yordamga chaqirishlari mumkin.

5. Vanhawks Valour

Vanhawks Valour- hozirgi kundagi istiqboli porloq “aqlli” velosipedlardan hisoblanadi. U “smart” so'zini keng talqin etib, egasiga juda katta imkoniyatlarni taqdim etadi.

image

Ushbu etti kilogramli velosiped imkoniyatlarining bir qismidan faqatgina iPhone smartfoni yordamida foydalanish mumkin. Mazkur telefonni Vanhawks Valour ga ulab, foydalanuvchi nafaqat harakat tezligini bilishi, balki o'zining joylashgan joyini ham aniqlashi, shuningdek velosipedni o'g'irlab ketishga to'sqinlik qilishi mumkin.
Vanhawks Valour velosipedlari bir nechta velosipedlarning harakatlanishini muvofiqlashtirib ularni marshrutlar va qiziqishlar bo'yicha birlashtirib, shuningdek ajratilgan velosiped yo'lkalarida harakatlanishlarida ularning hafsizligini ta'minlagan holda ijtimoy tarmoqlarga birlashishlari mumkin.

image

Vanhawks Valour intellektual xavfsizlik tizimi sutkaning qorong'i vaqtida yo'lakchani yorituvchi chiroqni avtomatik ravishda yoqadi, shuningdek yo'l harakati ishtirokchilari – velosipedchilar va haydovchilar bilan yoritish signallari orqali o'zaro aloqadorlikni amalga oshirish imkonini beradi.
Vanhawks Valour – xavfsiz yo'l harakati tizimi bilan jihozlangan. Unga atrofdagi ob'ektlarni kuzatish datchiklari o'rnatilgan. Misol uchun, “aqlli” velosipedga orqa tomondan avtomobil yoki boshqa bayk yaqinlashib kelishi bilan, uning ruli xaydovchini potentsial xavflik to'g'risida ogohlantirgan holda titrashni boshlaydi.

6. Samsung Smart Bike

Samsung kompaniyasi ham endigina paydo bo'lgan “aqlli” velosipedlar bozorida o'z o'rnini topishga qaror qildi. Kompaniya tomonidan yaratilgan Samsung Smart Bike bayki Android mobil operatsion tizimi bazasidagi smartfonlar bilan sinxronlashishni (moslashishni) biladi.

image

Samsung Smart Bike dagi smartfon o'rnatilgan navigator, shuningdek orqa oyna vazifasini bajaradi – u real vaqt rejimida velosiped ramasida o'rnatilgan va velosepedchining orqasiga qaratilgan kameralagi tasvirni uzatib turadi.
Qiziq joyi shundaki, Samsung Smart Bike aqlli telefoni sutkaning qorong'i vaqtida yurish uchun yo'lakchani chizuvchi to'rtta lazer bilan jihozlangan. Bu narsa velosipedchi xavfsizligini ta'minlash uchun qilingan.

image

Hozir biz aqlli telefonlar rivojlanishi yo'lining boshlanishida turibmiz va ko'pchilik ixtirochilar ularni sinovdan o'tkazmoqdalar, bunday velosipedlarni yangi, hattoki tushunarsiz qurilmalar bilan jihozlamaoqdalar. Ammo, bu qurilmalarning ba'zilari asta-sekin hayotga kirib borib o'zining foydaliligini ko'rsatmoqda.

image

Novate materiallari bo'yicha

Izohlar (0)


  • Izohlar mavjud emas



Izohlash

Izoh qo'shish uchun avtorizatsiyadan o'tish loziм


Ro’yxatga qaytish