Xo'jaynini himoya qilib, halok bo'lgan velosiped shlemi
Ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan o'z egasini saqlab qolgan singan shlem rasmi 30 millindov ortiq qayta joylashtirildi – bu veloshlemni taqish kerakmi, degan savola ikkilanib turgan insonlarga javob bo'ladi.

Shu yilning mart oyida velosipedchi Ben Xobbs ishga ketayotganda ancha jiddiy yo'l-transport hodisasiga duch keldi – uning orqasi jiddiy shikastlandi, qovurg'alari, ko'krak qafasi sindi, boshi jarohatlandi

Guvohlarning aytishicha, yuk mashinasi hech bir mubolag'asiz Xobbsning oldidan chiqib qoldi va u bor tezligi bilan unga urildi, shu bilan birga Xobbs boshi bilan mashina bortiga urildi. Uning baxtiga, boshida ajoyib Specialized shlemi bor edi va bu shlem uning hayotini saqlab qoldi.

Shlem avariyadan so'ng parcha-parcha bo'lib sochilib ketganligi, bu-normal hol, kuchli to'qnashuvlarda shlemning vazifasi faqatgina velosipedchining boshni mexanik berkitish emas, balki zarbaning energiyasini o'ziga qabul qilishdan iborat. Aynan shuning uchun shlemni sezilarli yiqilishlardan so'ng almashtirishni maslahat berishadi – tashqaridan u beshikast ko'rinishi mumkin, ammo ichki tomondan ko'pikli qoplama darz ketgan bo'ladi va keyingi zarbada veloshlem zarbadan saqlay olmasligi mumkin.

Ben Xobbsning aytishicha, hamma narsa shu qadar tez sodir bo'ldiki, u hatto tormoz berishga ham ulgurolmay qolgan. Uning so'zlariga ko'ra, u tajribali va ehtiyotkor velosipedchi, egarda besh yoshidan boshlab o'tiradi, yiliga 9000 km masofani bosib o'tadi, har kuni ishga velosipedda boradi va hali biron marta ham bunday avariyaga uchramagan. Bunday holatlarda hamma narsa shunchalik tez ro'y beradiki, biron-bir narsani tushunish yoki qilishning umuman imkoni yo'q.

Ben olib kelingan kasalxonada qilingan singan shlemning fotosurati barcha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketdi – ikki oy davomida uni 30 millionta odam ko'rdi va boshqalarga jo'natdi. Mening fikrimcha, bu narsa “shlem tashqi ko'rinishdi buzadi” yoki “kantiy/shosse shlemi hech narsadan himoyalamaydi” deguvchilarga a'lo darajadagi ko'rgazmali misol bo'lib xizmat qiladi.

Har bir odam o'ziga xulosa chiqaradi, Ben Xobbs esa hali jarohatlardan tuzalmasdan o'ziga yangi shlem sotib oldi.

image

Izohlar (0)


  • Izohlar mavjud emas



Izohlash

Izoh qo'shish uchun avtorizatsiyadan o'tish loziм


Ro’yxatga qaytish